Namangan viloyatida davom etayotgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yig’ini ishtirokchilari bilan “Qo’mondon va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi.
Tadbirda yoshlarning ko’plab savollariga okrug qo’shinlari qo’mondoni tomonidan batafsil javob berildi. Faol ishtirok etgan yoshlar uchrashuv davomida esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.