Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqilligimizni taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan yurt oʻglonlarining yaqinlari, mehnat faxriylarining holidan xabar olinmoqda.
Jumladan, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Oltiariq va Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriylari holidan xabar olishdi. Yoʻqlovga kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan nuroniylar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga zarur boʻlgan dori vositalari tarqatildi.
Urush faxriylari oʻzlarining hayot yoʻllarini aytib, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Harbiy xizmatchilarning tashrifidan mamnunligini aytib, yurtimiz tinchiligi abadiy bo‘lsin, deya qo‘llarini duoga ochdi