Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Davlat rahbari ishtirokchilarga omad tilab, 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
“Kelajak o‘yinlari” – bellashuvlar bir vaqtning o‘zida sportning an’anaviy turlari va ularning raqamli muqobillarida o‘tkaziladigan yuqori texnologik musobaqadir. U joriy yilning 21-fevral kunidan 3-mart kuniga qadar davom etadi.
Turnirda 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 300 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz fijital-xokkey, virtual velopoyga, sport dasturlash kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.