Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 100 nafar yosh 10 kun davomida harbiy muhitda bo’lishadi. Yig’in davomida navqiron avlod vakillari o’z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo’naltiriladi.
Bugun, 21-fevral sanasida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida yig’inning ochilish marosimiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.