Uychi va Chust tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy xizmatchilar uchun bunyod etilgan zamonaviy turarjoylar foydalanishga topshirildi.
Ularning taqdimotida Namangan viloyati hokimi, harbiy- ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi va harbiylar, ularning oila a’zolarini qo‘shaloq shodiyona bilan samimiy tabrikladi.
O‘tkazilgan taqdimot marosimiga harbiy qism shaxsiy tarkibi, ularning oila a’zolari, faxriylar, jamoatchiligi vakillari taklif etildilar.
Yangi xizmat xonadonlarining kalitlari egalariga tantanali ravishda topshirildi. Ramziy lenta qirqilgach, mehmonlar bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.