Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Andijon, Farg’ona va Namangan garnizonlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida “Vatanga qasamyod” tadbirlari tantanali tarzda o’tkazildi.
Unda muddatli xizmatni o’tagan yoshlar ota-onasi, okrug qo’mondonligi vakillari hamda keng jamoatchilik oldida tantanali ravishda Vatanga qasamyod qildilar.