Yaponiyadagi zilzila oqibatlari suratlarda

Yaponiyada ro‘y bergan qator zilzilalar qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, Nikkei Asia xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida yana 50 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Davom etayotgan zilzilalar epimarkazi bo‘lgan Isikavadagi vaziyat boshqa joylarga qaraganda og‘irroq. U yerda 200 tadan ortiq uy yong‘in ichida qolgan, 100 tadan ortiq turar joy inshootlari vayron bo‘lgan.

Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib bormoqda. Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar jabrlanganlarga yordam bermoqda.

Bu Yaponiyada 2016 yildan beri sodir bo‘lgan eng halokatli zilzila bo‘ldi.