Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Vatanga xizmat – oliy fazilat!” shiori ostida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda boks bo’yicha Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Iqboljon Xoldorov, muddatli harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.