14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolari holidan xabar olindi.
Bugun Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov va Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayevlar xizmat vaqtida halok bo‘lgan Alimardon Karimov xonadonida bo‘lishdi.
Tashrif davomida oila a’zolari bilan muloqot qilinib, qahramon xotirasi yod olindi.
Shuningdek, Alimardonning oila a’zolariga Davlatimiz rahbari tomonlaridan ajratilgan yordam pullari, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.