Qo‘mondon Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya bir tanu – bir jon” shiori ostida “Vatanparvar oyligi” doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida tashkil etildi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov, Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda, o‘quvchi-yoshlar harbiy qo‘mondon va shahar hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Uchrashuvda qo‘mondon tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.