“Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn telekoʻprik tadbiri oʻtkazildi

Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan  askarlarning onalari bilan “Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn telekoʻprik tadbiri oʻtkazildi. Unda respublikamizning turli hududlariga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan askarlarning ota-onalari  ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi katta majlislar zali bilan video aloqa ko’rinishida o’tkazildi.

Yurt himoyachilarining onalari respublikaning turli viloyatlarida xizmat qilayotgan farzandlari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali real vaqt rejimida diydor uchrashib, samimiy suhbat qurdilar va oʻzlarining sogʻinch soʻzlarini yetkazdilar.