Yurt himoyasi yo’lida mardlarcha halok bo’lgan harbiy xizmatchi xotirlandi

Andijon viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Andijon garnizonidagi harbiy qism mas’ullari yurtimiz himoyasi yo’lida mardlarcha halok bo’lgan harbiy xizmatchi serjant Doniyor Tojiboyev xonadoniga borib oila a’zolari holidan xabar oldi.

Qahramonnining oila a’zolariga okrug qo’mondonligining sovg’alari hamda yaqinlashib kelyotgan bayram munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi.