Maxsus bort Penzada halok bo‘lgan hamyurtlarimizni olib kelish uchun uchib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasining Penza viloyatida sodir YTH oqibatida xalok bo‘lgan va jabrlanganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 12 yanvar kuni Rossiyaga uchib ketdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024 yil 11 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Penza viloyati, Nijnelomov rayoni M-5 avtomobil yo‘lining 503 km.da harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili ichida bo‘lgan jami 9 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan edi.

Halok bo’lgan hmyurtlarimizning oila a’zolariga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.