Rossiyada sodir bo’lgan YTH oqibatida 3 nafar O’zbekiston fuqarosi vafot etdi

2024-yil 16-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 16-yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Rossiyaning Samara viloyati Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yoʻlining 947 km.da harakatlangan “Lada Largus” rusumli  avtomobili va “Gazel” rusumli yuk avtomobili toʻqnashishi oqibatida “Lada Largus” rusumli  avtomobilida boʻlgan jami 7 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar koʻrilmoqda.