Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan “Oiladagi ijtimoiy muhitni yaxshilashda psixologiyaning o’rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda Sharqiy harbiy okrug harbiy psixologi hamda mutaxassislar ishtirok etib mavzu doirasida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.