Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda Namangan shahar va tumanlaridagi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi.
Yoshlar orasida yurtga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan tadbirda 500 dan ortiq yoshlar, umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Namanganlik oʻgʻil-qizlar harbiy texnikalar, qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Faxriy qorovul va harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari esa shubhasiz yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga ishonch va iftixor tuygʻularini yanada oshiradi.