Shu kunlarda Norin tumani mudofaa ishlari bo‘limi binosida keng ko‘lamli ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov Norin hamda Namangan tumanlari mudofaa ishlari bo‘limlari binolarida yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi.
Jumladan, chaqiriluvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan xonalardagi zarur jihozlar, issiqlik, suv, elektr, kompyuter hamda videokuzatuv uskunalari bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.