Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov mudafaa ishlari boshqarmasida bo‘lib, bu yerdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, boshqarma binosini, unga yondash binolar, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yig‘uv punkti ko‘zdan kechirildi.
Viloyat rahbari o‘rganish yakuni bo‘yicha mutasaddilarga ta’mirlash va qurilish ishlari loyiha-smetasini tezlatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.