Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism va Namangan harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Pop tumanida joylashgan Qo‘shminor mahallasidagi kasb-hunar maktabida harbiy-vatanparvarlik festivali bo’lib o’tdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan festivalda harbiy orkestr jamoasi va iste’dodli yoshlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturlari yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, hamkorlikdagi tuzilmalar harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi, xizmat itlari bilan ko’rgazmalari va yong’in xavfsizligi chiqishlari yoshlarning harbiylikka bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirgan bo‘lsa ajab emas. Tadbir davomida maktab o‘quvchilar bilan sport musobaqalari ham tashkil etildi.