Andijonda harbiy-vatanparvarlik tadbiri o’tkazildi

Andijon garnizonidagi harbiy qism, Andijon harbiy prokuraturasi, Jalaquduq tumanidagi harbiy qism hamda viloyatdagi kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda Jalaquduq tumanidagi 2-sonli kasb hunar maktabida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida faxriy qorovul saf chiqishlari, ko’rgazmali qo‘l jangi ko’rinishlari, qurol yarog‘ ko‘rgazmalari, xizmat itlari bilan ko’rgazmarli harakatlari namoyish etilib, harbiy orkestr jamosining vatanparvarlik ruhidagi musiqalari ijro etildi. Mazkur tadbir o’quvchilarda katta taassurot qoldirganligi yoshlar tomonidan ta’kidlandi.