Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Farg’ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar uchun “Dala o‘quv maydonida bir kunim” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Farg’ona dala o’quv maydonida o’tkazilgan mazkur tadbirda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foyldalanish, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish asosiy maqsad etib belgilangan.
Farg’ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriylar, san’atkorlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir davomida muloqotlar, qurol-aslahalar ko’rgazmasi, faxriy qorovul chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.