Harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

▪️ Fargʻona garnizoni Qo‘qon shahridagi harbiy qismi tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov barchani ushbu sana munosabati bilan muborakbod etdi.

▪️Shuningdek, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda harbiy xizmatchilarning yurt tinchligi va xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishdagi faoliyati haqida maʼlumotlar berib, sharafli burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga iliq tilaklarini bildirdilar.

▪️Tadbir davomida na’munali xizmati bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *