Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

Yangiliklar
Namangan garnizonidagi harbiy qism tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, faxriylar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyat hokimi hamda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni soʻzga chiqib, harbiy qism shaxsiy tarkibini qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. Sana munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga okrug qoʻshinlari qomondonining esdalik hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. Viloyat hokimi tomonidan ham ushbu harbiy qismga qimmatbaho sovgʻalar berildi. Shuningdek, mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Namangan viloyat hokimiga II darajali “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan tantanali topshirildi. Harbiy orkestr jamosining musiqiy chiqishlari, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari tadbirga yanada koʻtarinkilik ulashdi.
Read More
Hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Yangiliklar
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yangi lavozimlarga tayinlangan  ofitserlar  ishtirokidagi o‘quv-uslubiy yig‘inda hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi. ▪️Mashg‘ulotlar davomida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari va okrug psixologlari yosh ofitserlarga kasbiy bilim va ko‘nikmalar berish bilan bir qatorda psixologik treninglar ham o'tkazildi.
Read More
“General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi.

“General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar
⚡️Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi "Xudoyorxon" o‘rda maydonida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar,  viloyatning yuzdan ortiq yoshlari ishtirok etdi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar  harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Tadbir soʻnggida bir guruh faol yoshlarga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Read More
Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar
▪️Andijon garnizonidagi harbiy qismda mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi. ▪️ Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, harbiy xizmatchilar, kinoijodkorlar va  jamoatchilik ishtirok etdi. Uchrashuv tusini olgan mazkur tadbirda Xalq va armiya birdamligini ifodalovchi Vatanparvarlik tadbirlari, festivallar xalqimiz ongu-shuurida, kelajagimiz egalari yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirayotgani tadbir qatnashchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi. #Yangi_hayot_uchun_Yangi_Ózbekiston_uchun  
Read More
Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar)  bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar
⚡️Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar)  bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘in ishtirokchilarning kasbiy ko‘nikma darajasini oshirish, proffessional tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.
Read More
“Eng ilgʻor ishgʻol guruhi” musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirladi.

“Eng ilgʻor ishgʻol guruhi” musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirladi.

Yangiliklar
▪️Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan "Eng ilgʻor ishgʻol guruhi" musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilarni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov munosib taqdirladi. ▪️Tadbirda soʻz olganlar gʻolib harbiy xizmatchilarni ushbu musobaqada bor kuch va gʻayratlarini safarbar qilib gʻalaba qozonganini eʼtirof etdi. Shuningdek kelgusi Mudofaa vazirligi va xalqaro musobaqalarda  ham ishtirok etib yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlari haqida iliq tilaklar bildirildi. ▪️Shundan soʻng, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov musobaqa gʻoliblarini faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuylari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.   Eslatib oʻtamiz  "Eng ilgʻor ishgʻol guruhi" musobaqaga “Forish” poligoni mezbonlik qilgan edi. Okruglardan jami 10 ta ishgʻol guruhi qatnashgan va Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona  garnizonidagi harbiy qism ishgʻol guruhi gʻolib boʻlgan.  
Read More
Harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

Harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

Yangiliklar
▪️ Fargʻona garnizoni Qo‘qon shahridagi harbiy qismi tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov barchani ushbu sana munosabati bilan muborakbod etdi. ▪️Shuningdek, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda harbiy xizmatchilarning yurt tinchligi va xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishdagi faoliyati haqida maʼlumotlar berib, sharafli burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga iliq tilaklarini bildirdilar. ▪️Tadbir davomida na'munali xizmati bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Read More
Mehmonxona, restoran va boshqa obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

Mehmonxona, restoran va boshqa obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. O‘rta korxonalar faoliyatini kengaytirishi uchun ularga yangi investor va brendlarni jalb qilishga ko‘maklashish zarur. Shu bois, agar korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga yangi tashkil qilingan Sanoat jamg‘armasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlik jamg‘armasi iqtisodiyotning yana bir drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasiga mas’ul bo‘ladi. Jamg‘armaga salohiyatli o‘rta biznes korxonalariga ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi. Buning uchun joriy yilda jamg‘armaga qo‘shimcha 25 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar ajratiladi. Shu bilan birga, jamg‘arma tomonidan o‘rta biznes uchun xorijiy valutadagi kreditlarga ham kafillik beriladi. Jamg‘arma turizm, savdo va servis sohalarida “xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qiladi. Endi mehmonxona, restoran, savdo kompleksi, avtoturargoh, yoqilg‘i shoxobchasi, kemping kabi obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi. Shuningdek, jamg‘arma tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish obekti…
Read More
Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?

Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?

Yangiliklar
U shu bilan Yevropa futbolini butunlay tark etdimi? Yoki hali «Barselona»ga qaytishi mumkinmi? Saudiya Arabistoni — bu yozda futbolchilarning eng sevimli yo‘nalishiga aylandi. U yerga butunlay boshqacha miqyosdagi futbolchilar ham yo‘l olishmoqda — «Oltin to‘p» sohiblari Ronaldu va Benzemadan tortib istiqbolli futbolchilar qatorida ko‘rilgan Ruben Nevesh kabilargacha. Mane yoki Kante kalibridagi yulduzlar ham faoliyatining qolgan qismini ushbu ekzotik ligada o‘tkazishga qaror qildi. Saudiyaliklarning eng yangi (va eng kutilmagan) xaridi — Neymarning «PSJ»dan «Al-Hilol»ga transferi bo‘ldi. Va bu holatda uch tomonning ham manfaatlari mushtarak edi — parijliklar futbolchidan qutulmoqchi edi, futbolchi ham vaziyatni o‘zgartirishga qarshi emasdi, Saudiya Arabistonidagilar esa shunchaki navbatdagi superyulduzni kutayotgandi. Neymar nima uchun «PSJ»dan ketishni istadi? Uch hafta oldin ham braziliyalik futbolchining ketishiga hech kim ishonmasdi. Ko‘p jihatdan shuning uchunki, uning o‘zi bunday ehtimolni rad etib chiqqandi. «Mening…
Read More
Daraxtlarni oqlash foydali amalmi yoki ko‘zbo‘yamachilikning bir turi?

Daraxtlarni oqlash foydali amalmi yoki ko‘zbo‘yamachilikning bir turi?

Yangiliklar
«Yashil makon» umummilliy loyihasigacha ham undan keyin ham daraxt ekish, ayniqsa, ko‘karsa-ko‘karmasa uni ohak bilan oqlab qo‘yish hududda obodonchilik ishlari namunali yo‘lga qo‘yilganining bir belgisi sifatida qabul qilinib kelinmoqda. Ushbu maqolada daraxtni oqlash qayerdan paydo bo‘lgani, umuman oqlashning daraxtlarga foydasi bor-yo‘qligi haqida fikr yuritamiz. Oldinga o‘tib, xulosani aytish mumkinki, daraxt oqlash allaqachon ko‘zbo‘yamachilik elementlaridan biriga aylanib bo‘lgan. Aslida shaharlarimizda ming-minglab daraxtlar qo‘r to‘kib turganida ularni oqlashga imkoniyat ham qolmas edi. Daraxtlar soni barmoq bilan sanarli ekani uchun ham eskicha fikrlaydigan rahbarlar tomonidan daraxtlarni oqlash ishiga zo‘r beriladi — «qilinayotgan ishlar ko‘zga tashlansin», qabilida. Chunki shaharda daraxtlar oqlanmaganmi, demak mutasaddilar dangasa va ishyoqmas, degan qarashlar shakllanib qolgan. Bu qarash asosan sobiq ittifoq davlatlarida, xususan O‘zbekistonimizda ham bor. Biroq daraxtlarni ohak bilan oqlashning foydasidan zarari ko‘proq. O‘z ishini, daraxtlarni sevadigan kommunal xo‘jalik…
Read More