▪️Andijon garnizonidagi harbiy qismda mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
▪️ Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, harbiy xizmatchilar, kinoijodkorlar va jamoatchilik ishtirok etdi.
Uchrashuv tusini olgan mazkur tadbirda Xalq va armiya birdamligini ifodalovchi Vatanparvarlik tadbirlari, festivallar xalqimiz ongu-shuurida, kelajagimiz egalari yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirayotgani tadbir qatnashchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi.
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Ózbekiston_uchun