“General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

⚡️Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi “Xudoyorxon” o‘rda maydonida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar,  viloyatning yuzdan ortiq yoshlari ishtirok etdi.

Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar  harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida bir guruh faol yoshlarga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *