Namangan viloyatida davom etayotgan "Jasorat maktabi" harbiy-vatanparvarlik yig'ini ishtirokchilari bilan "Qo'mondon va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Tadbirda yoshlarning ko'plab savollariga okrug qo'shinlari qo'mondoni tomonidan batafsil javob berildi. Faol ishtirok etgan yoshlar uchrashuv davomida esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Davlat rahbari ishtirokchilarga omad tilab, 2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi. “Kelajak o‘yinlari” – bellashuvlar bir vaqtning o‘zida sportning an’anaviy turlari va ularning raqamli muqobillarida o‘tkaziladigan yuqori texnologik musobaqadir. U joriy yilning 21-fevral kunidan 3-mart kuniga qadar davom etadi. Turnirda 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 300 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz fijital-xokkey, virtual velopoyga, sport dasturlash kabi yo‘nalishlarda kuch sinashadi.
Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 100 nafar yosh 10 kun davomida harbiy muhitda bo’lishadi. Yig’in davomida navqiron avlod vakillari o’z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo’naltiriladi. Bugun, 21-fevral sanasida viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida yig’inning ochilish marosimiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanidagi chegaraoldi hududlarda joylashgan kasb-hunar maktabida Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Namangan harbiy prokuraturasi, viloyatdagi kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir” shiori ostida keng qamrovli vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi.
Farg'ona shahridagi istirohat bog'ida harbiy orkestr hamda faxriy qorovul jamoasi tomonidan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari o'tkazildi. Tadbir davomida harbiy orkestr jamoasining musiqalari va faxriy qorovul saf chiqishlari namoyish etildi.
Farg'onada Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Zahiriddin Muhammad Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi" mavzusida Zakovat intellektual o'yinining garnizon birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Farg'ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar uchun “Dala o‘quv maydonida bir kunim” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Farg'ona dala o'quv maydonida o'tkazilgan mazkur tadbirda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foyldalanish, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish asosiy maqsad etib belgilangan. Farg'ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriylar, san'atkorlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan mazkur tadbir davomida muloqotlar, qurol-aslahalar ko'rgazmasi, faxriy qorovul chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etildi.
Andijon garnizonidagi harbiy qism, Andijon harbiy prokuraturasi, Jalaquduq tumanidagi harbiy qism hamda viloyatdagi kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda Jalaquduq tumanidagi 2-sonli kasb hunar maktabida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida faxriy qorovul saf chiqishlari, ko'rgazmali qo‘l jangi ko'rinishlari, qurol yarog‘ ko‘rgazmalari, xizmat itlari bilan ko'rgazmarli harakatlari namoyish etilib, harbiy orkestr jamosining vatanparvarlik ruhidagi musiqalari ijro etildi. Mazkur tadbir o'quvchilarda katta taassurot qoldirganligi yoshlar tomonidan ta'kidlandi.
Vatanparvarlik karvoni Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumanidagi chegaraoldi hududlarda bo'ldi. Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari davomida faxriy qorovul, harbiy orkestr chiqishlari namoyish etildi.
Prezident farmoni bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Farmonga o'zgartirish kiritildi. Unga ko'ra, endilikda axborot texnologiyalari yo'nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko'rsatishi hamda unga Bosh vazir o'rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi. Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so'nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. (Ilgari 2 yil edi)