Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda ham muddatli harbiy xizmatchilar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirishmoqda.
Farg'ona shahridagi umumta'lim maktabida harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda keng jamoatchilik ishtirokida "Men albatta harbiy bo'laman!" shiori ostida yoshlar o‘rtasida harbiylashtirilgan sport musobaqalari bo'lib o'tdi.
Yoshlarni vatanpvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Andijon garnizonidagi harbiy qism va umumta’lim maktablarida “Men, albatta, harbiy bo‘laman” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, harbiy qismda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, unda o‘quvchi-yoshlar, maktablardagi “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirok etdi. Qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga harbiy akalaridan batafsil javoblar oldi. Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinfxonalarida esa buyuk ajdodlarimiz jasorati harbiylarimiz erishayotgan yutuqlarga bog‘lab, o‘quvchilarda Vatan himoyachisi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan suhbatlar ham bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmat davomida yuqori natijalarga erishayotgan harbiy xizmatchilar yoshlarga mahorat darslarini o‘tdi. Qayd etish joizki, bu kabi vatanparvarlik tadbirlari Andijon shahridagi umumta’lim maktablarida ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekistonda har bir insonning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirish rejalashtirilmoqda. “Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan promo-roliklar, dastur va teleko‘rsatuvlar tayyorlanadi. Uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzi asoslari bo‘yicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuboriladi. Jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari o‘rtasida har yili «Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning eng yaxshi targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkaziladi. Bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yig‘iladigan boshqa joylarda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha roliklar namoyish qilinadi, radiomaslahatlar taqdim etiladi va bukletlar tarqatilishi ta’minlanadi.
Markaziy bank eʼlon qilgan infografikada oxirgi uch yil davomida Toshkent shahri aholisi boshqa hududlardagiga qaraganda eng ko‘p ipoteka kreditlari olgan. Hisob–kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda 68 ming 395 nafar fuqaroga 16 trillion 851 milliard so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan. Shundan eng ko‘p miqdor Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 5 trillion so‘m. O‘tgan yilda Farg‘ona (1,3 trillion so‘m), Navoiy, Toshkent va Samarqand viloyatlari aholisiga (har biriga 1,2 trillion so‘mdan) yuqori miqdorda ipoteka kreditlari ajratilgan. Eng kam kredit olganlar Sirdaryo viloyati (380 milliard so‘m) aholisi bo‘lgan. 2023-yildagi ipoteka kreditlarining 10,7 trillion so‘mini (63 foizi) erkaklar, 6 trillion so‘mini (37 foizi) ayollar olgan. Kreditlarning 69 foizi 31–50 yoshgacha, 20 foizi 18–30 yoshgacha, 11 foizi 50 yoshdan yuqori fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2024-yil 16-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi navbatchilik qismidan olingan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 16-yanvar kuni (Moskva vaqti bilan) soat 13:00 larda Rossiyaning Samara viloyati Stavropolsk rayoni M-5 avtomobil yoʻlining 947 km.da harakatlangan “Lada Largus” rusumli avtomobili va “Gazel” rusumli yuk avtomobili toʻqnashishi oqibatida “Lada Largus” rusumli avtomobilida boʻlgan jami 7 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafar yoʻlovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda. Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur choralar koʻrilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi. 2024 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul O‘zbekiston Hukumati bilan BAA hukumati o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokolini imzoladi. Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi. Ma’lumot uchun: 2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSH dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan. Imzolangan hujjat O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirmasdan boriladigan mamlakatlar sonini 29 taga yetkazib, O‘zbekistonni Global Passport Power reytingida 71-o‘ringa ko‘taradi.
Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-prosessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi. Unga ko‘ra, haydovchilar tomonidan “agressiv boshqarish”, “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanish, yo‘llarda to‘siqlarni paydo qilish kabi qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. 2023 yilda faqatgina foto va videoqurilmalar yordamida qariyb 13 millionga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan bo‘lsa, ularning 3 million 350 mingtasi bitta transport vositasi haydovchisi tomonidan 4 tagacha, qariyb 3 millionga yaqini esa 5 tadan 10 tagacha, 1 million 700 mingtasi 11 tadan 20 tagacha, 187 mingtasi 31 tadan 40 tagacha, 87 mingtasi 51 tadan 100 tagacha, 18 mingtasi 100 tadan ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etgan. Qonun bilan jarima ballari hisoblangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash kabi…
Qozog‘iston Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha , Qozog‘istonda Ozarboyjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston ishtirokida jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. "Bu yil mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi va ular yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilishi kerak. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim", dedi Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov. Qozog‘iston Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Marat Xusainov so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda 160 dan ortiq tezkor va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ulardan eng ahamiyatlisi Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy-dengiz kuchlari, Harbiy havo kuchlari, "G‘arbiy" mintaqaviy qo‘mondonligining maxsus operatsiya bo‘linmalari hamda harbiy kontingentlari ishtirokida o‘tkaziladigan "Birlestik" mashg‘ulotlaridir.