
Namangan shahrida musiqali va rang-barang chiroqli bayram archasi ochildi
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan musiqali va rang-barang chiroqli 29 metr balandlikdagi viloyatning bosh archasi ochildi. Ushbu archani 60 ming dona 7 xil rangda yonuvchi chiroqlar bezab turibdi. Bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida madaniyat xodimlari tomonidan bayram qo‘shiqlari va qiziqarli chiqishlari bilan barcha mehmonlarga xush kayfiyat ulashmoqda. Barcha Namangan ahlini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlab, bayram tadbirlariga taklif etamiz!