Harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

Harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

Yangiliklar
▪️ Fargʻona garnizoni Qo‘qon shahridagi harbiy qismi tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov barchani ushbu sana munosabati bilan muborakbod etdi. ▪️Shuningdek, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda harbiy xizmatchilarning yurt tinchligi va xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishdagi faoliyati haqida maʼlumotlar berib, sharafli burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga iliq tilaklarini bildirdilar. ▪️Tadbir davomida na'munali xizmati bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga  faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Read More
Mehmonxona, restoran va boshqa obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

Mehmonxona, restoran va boshqa obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi

Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. O‘rta korxonalar faoliyatini kengaytirishi uchun ularga yangi investor va brendlarni jalb qilishga ko‘maklashish zarur. Shu bois, agar korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga yangi tashkil qilingan Sanoat jamg‘armasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkorlik jamg‘armasi iqtisodiyotning yana bir drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasiga mas’ul bo‘ladi. Jamg‘armaga salohiyatli o‘rta biznes korxonalariga ulushdor bo‘lib kirish vakolati beriladi. Buning uchun joriy yilda jamg‘armaga qo‘shimcha 25 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar ajratiladi. Shu bilan birga, jamg‘arma tomonidan o‘rta biznes uchun xorijiy valutadagi kreditlarga ham kafillik beriladi. Jamg‘arma turizm, savdo va servis sohalarida “xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qiladi. Endi mehmonxona, restoran, savdo kompleksi, avtoturargoh, yoqilg‘i shoxobchasi, kemping kabi obektlarning tayyor loyihalari tadbirkorlarga taklif etiladi. Shuningdek, jamg‘arma tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish obekti…
Read More
Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?

Shaxsiy samolyot, xizmatchilari bilan koshona va katta maosh. Neymar nega Saudiyani tanladi?

Yangiliklar
U shu bilan Yevropa futbolini butunlay tark etdimi? Yoki hali «Barselona»ga qaytishi mumkinmi? Saudiya Arabistoni — bu yozda futbolchilarning eng sevimli yo‘nalishiga aylandi. U yerga butunlay boshqacha miqyosdagi futbolchilar ham yo‘l olishmoqda — «Oltin to‘p» sohiblari Ronaldu va Benzemadan tortib istiqbolli futbolchilar qatorida ko‘rilgan Ruben Nevesh kabilargacha. Mane yoki Kante kalibridagi yulduzlar ham faoliyatining qolgan qismini ushbu ekzotik ligada o‘tkazishga qaror qildi. Saudiyaliklarning eng yangi (va eng kutilmagan) xaridi — Neymarning «PSJ»dan «Al-Hilol»ga transferi bo‘ldi. Va bu holatda uch tomonning ham manfaatlari mushtarak edi — parijliklar futbolchidan qutulmoqchi edi, futbolchi ham vaziyatni o‘zgartirishga qarshi emasdi, Saudiya Arabistonidagilar esa shunchaki navbatdagi superyulduzni kutayotgandi. Neymar nima uchun «PSJ»dan ketishni istadi? Uch hafta oldin ham braziliyalik futbolchining ketishiga hech kim ishonmasdi. Ko‘p jihatdan shuning uchunki, uning o‘zi bunday ehtimolni rad etib chiqqandi. «Mening…
Read More
Daraxtlarni oqlash foydali amalmi yoki ko‘zbo‘yamachilikning bir turi?

Daraxtlarni oqlash foydali amalmi yoki ko‘zbo‘yamachilikning bir turi?

Yangiliklar
«Yashil makon» umummilliy loyihasigacha ham undan keyin ham daraxt ekish, ayniqsa, ko‘karsa-ko‘karmasa uni ohak bilan oqlab qo‘yish hududda obodonchilik ishlari namunali yo‘lga qo‘yilganining bir belgisi sifatida qabul qilinib kelinmoqda. Ushbu maqolada daraxtni oqlash qayerdan paydo bo‘lgani, umuman oqlashning daraxtlarga foydasi bor-yo‘qligi haqida fikr yuritamiz. Oldinga o‘tib, xulosani aytish mumkinki, daraxt oqlash allaqachon ko‘zbo‘yamachilik elementlaridan biriga aylanib bo‘lgan. Aslida shaharlarimizda ming-minglab daraxtlar qo‘r to‘kib turganida ularni oqlashga imkoniyat ham qolmas edi. Daraxtlar soni barmoq bilan sanarli ekani uchun ham eskicha fikrlaydigan rahbarlar tomonidan daraxtlarni oqlash ishiga zo‘r beriladi — «qilinayotgan ishlar ko‘zga tashlansin», qabilida. Chunki shaharda daraxtlar oqlanmaganmi, demak mutasaddilar dangasa va ishyoqmas, degan qarashlar shakllanib qolgan. Bu qarash asosan sobiq ittifoq davlatlarida, xususan O‘zbekistonimizda ham bor. Biroq daraxtlarni ohak bilan oqlashning foydasidan zarari ko‘proq. O‘z ishini, daraxtlarni sevadigan kommunal xo‘jalik…
Read More
Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ishdan olindi

Yangiliklar
Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan. Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda. Manbaning tasdiqlashicha, endilikda prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan. Prezident matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, Umrzoqov O‘zbekiston prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi farmoni bilan tashkil etilgan, unga 2018-2022 yillarda Zaynilobiddin Nizomiddinov rahbarlik qilgandi. 2022 yil 16 iyulida esa Nizomiddinov salomatligidagi muammo sabab ishdan ketgan va uning o‘rnini Sardor Umrzoqov egallagandi. Bundan avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi Sunnatilla Bekenov ishdan olingani xabar qilingandi.
Read More