
“Eng ilgʻor ishgʻol guruhi” musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirladi.
▪️Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan "Eng ilgʻor ishgʻol guruhi" musobaqasida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilarni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov munosib taqdirladi. ▪️Tadbirda soʻz olganlar gʻolib harbiy xizmatchilarni ushbu musobaqada bor kuch va gʻayratlarini safarbar qilib gʻalaba qozonganini eʼtirof etdi. Shuningdek kelgusi Mudofaa vazirligi va xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etib yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlari haqida iliq tilaklar bildirildi. ▪️Shundan soʻng, okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov musobaqa gʻoliblarini faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi. Harbiy orkestr jamoasining vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuylari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Eslatib oʻtamiz "Eng ilgʻor ishgʻol guruhi" musobaqaga “Forish” poligoni mezbonlik qilgan edi. Okruglardan jami 10 ta ishgʻol guruhi qatnashgan va Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism ishgʻol guruhi gʻolib boʻlgan.