Boks bo’yicha Osiyo chempioni harbiylar bilan uchrashdi

Boks bo’yicha Osiyo chempioni harbiylar bilan uchrashdi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda "Vatanga xizmat - oliy fazilat!" shiori ostida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda boks bo'yicha Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Iqboljon Xoldorov, muddatli harbiy xizmatchilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Read More
Osiyo kubogi-2023

Osiyo kubogi-2023

Yangiliklar
Osiyo kubogi-2023 Oʻzbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichi uchrashuvlari vaqti va stadionlari bilan tanishing. Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan koʻrsatib oʻtilgan. Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi 12 yanvardan 10 fevralga qadar davom etadi. O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya, Hindiston va Suriya bilan birgalikda B guruhidan joy olgan.
Read More
Yaponiyadagi zilzila oqibatlari suratlarda

Yaponiyadagi zilzila oqibatlari suratlarda

Yangiliklar
Yaponiyada ro‘y bergan qator zilzilalar qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, Nikkei Asia xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida yana 50 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. Davom etayotgan zilzilalar epimarkazi bo‘lgan Isikavadagi vaziyat boshqa joylarga qaraganda og‘irroq. U yerda 200 tadan ortiq uy yong‘in ichida qolgan, 100 tadan ortiq turar joy inshootlari vayron bo‘lgan. Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib bormoqda. Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar jabrlanganlarga yordam bermoqda. Bu Yaponiyada 2016 yildan beri sodir bo‘lgan eng halokatli zilzila bo‘ldi.
Read More
Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, boshqaruv organlari, birlashmalar, qo‘shilma va qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan mudofaa vazirining hisoboti tinglandi. 2016 yildan boshlab milliy armiyamizni isloh qilish, Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasini va dislokatsiya tizimini takomillashtirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika namunalari bilan jihozlash, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va shayligi, kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davrda bo‘linmalarning texnik va zaxira ta’minoti…
Read More
Farg’onada harbiylar bolajonlarga bayram shukuhini ulashmoqda

Farg’onada harbiylar bolajonlarga bayram shukuhini ulashmoqda

Yangiliklar
Farg'ona shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida harbiy orkestr jamoasi va harbiy xizmatchilar tomonidan bolajonlar uchun bayram tadbirlari o'tkazilmoqda. Tadbirlarda harbiy orkestr tomonidan ijro etilayotgan bayramona va vatanparvarlik ruhidagi musiqalar bolajonlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o'z hissasini qo'shadi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Read More
“Prezident sovg‘asi” respublikamizning barcha hududlariga yetib bordi

“Prezident sovg‘asi” respublikamizning barcha hududlariga yetib bordi

Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari barcha hududlarga yetib bordi. Ushbu sovg‘alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi. Ma’lumot o‘rnida, “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan, deyiladi xabarda. Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
Read More
Sharqiy harbiy okrug harbiylari qasamyod qildilar

Sharqiy harbiy okrug harbiylari qasamyod qildilar

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Andijon, Farg'ona va Namangan garnizonlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida "Vatanga qasamyod" tadbirlari tantanali tarzda o'tkazildi. Unda muddatli xizmatni o'tagan yoshlar ota-onasi, okrug qo'mondonligi vakillari hamda keng jamoatchilik oldida tantanali ravishda Vatanga qasamyod qildilar.
Read More
Bayram arafasida harbiy xizmatchilar yangi uyga ega bo‘lishdi

Bayram arafasida harbiy xizmatchilar yangi uyga ega bo‘lishdi

Yangiliklar
Uychi va Chust tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy xizmatchilar uchun bunyod etilgan zamonaviy turarjoylar foydalanishga topshirildi. Ularning taqdimotida Namangan viloyati hokimi, harbiy- ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi va harbiylar, ularning oila a’zolarini qo‘shaloq shodiyona bilan samimiy tabrikladi. O‘tkazilgan taqdimot marosimiga harbiy qism shaxsiy tarkibi, ularning oila a’zolari, faxriylar, jamoatchiligi vakillari taklif etildilar. Yangi xizmat xonadonlarining kalitlari egalariga tantanali ravishda topshirildi. Ramziy lenta qirqilgach, mehmonlar bu yerda  yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Read More