
Namangandagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Yoshlarda milliy armiyamiz qudrati borasida gʻurur hissini oshirish va tinchlik degan buyuk neʼmatni qadrlash kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan tadbirga Namangan shahar va tumanlaridan umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari taklif etildi. O'quv nuqtalarida qurol-aslahalar ko'rgazmasi, faxriy qorovul hamda harbiy orkestr chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.