Blog

Namangandagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi

Namangandagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Yoshlarda milliy armiyamiz qudrati borasida gʻurur hissini oshirish va tinchlik degan buyuk neʼmatni qadrlash kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan tadbirga Namangan shahar va tumanlaridan umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari taklif etildi. O'quv nuqtalarida qurol-aslahalar ko'rgazmasi, faxriy qorovul hamda harbiy orkestr chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Read More
Popda harbiy-vatanparvarlik festivali o’tkazildi

Popda harbiy-vatanparvarlik festivali o’tkazildi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism va Namangan harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Pop tumanida joylashgan Qo‘shminor mahallasidagi kasb-hunar maktabida harbiy-vatanparvarlik festivali bo'lib o'tdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan festivalda harbiy orkestr jamoasi va iste'dodli yoshlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturlari yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, hamkorlikdagi tuzilmalar harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi, xizmat itlari bilan ko'rgazmalari va yong'in xavfsizligi chiqishlari yoshlarning harbiylikka bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirgan bo‘lsa ajab emas. Tadbir davomida maktab o‘quvchilar bilan sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Read More
Mudofaa ishlari bo‘yicha Namangan viloyati boshqarmasi binosi mukammal ta’mirlanib, yig‘uv punkti yangidan quriladi

Mudofaa ishlari bo‘yicha Namangan viloyati boshqarmasi binosi mukammal ta’mirlanib, yig‘uv punkti yangidan quriladi

Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov mudafaa ishlari boshqarmasida bo‘lib, bu yerdagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, boshqarma binosini, unga yondash binolar, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yig‘uv punkti ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari o‘rganish yakuni bo‘yicha mutasaddilarga ta’mirlash va qurilish ishlari loyiha-smetasini tezlatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
Read More
Mudofaa ishlari bo‘limlarida xodimlar hamda chaqiriluvchilarga qulaylik yaratish e’tiborda

Mudofaa ishlari bo‘limlarida xodimlar hamda chaqiriluvchilarga qulaylik yaratish e’tiborda

Yangiliklar
Shu kunlarda Norin tumani mudofaa ishlari  bo‘limi binosida keng ko‘lamli ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari  Shavkatjon Abdurazzoqov Norin hamda Namangan tumanlari mudofaa ishlari bo‘limlari binolarida yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi.   Jumladan, chaqiriluvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan xonalardagi zarur jihozlar, issiqlik, suv, elektr, kompyuter hamda videokuzatuv uskunalari bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirdi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Read More
Qasamyod tadbirlari o’tkazildi

Qasamyod tadbirlari o’tkazildi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan, Farg'ona va Andijon garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida vatanga qasamyod tadbirlari tantanali tarzda o'tkazildi. Tadbirda yoshlar ham ishtirok etib, jarayonlarni olqishlar bilan kuzatishdi.
Read More
Xalq bilan armiya bir tan-u, bir jon

Xalq bilan armiya bir tan-u, bir jon

Yangiliklar
Namangan shahrida joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Xalq bilan armiya bir tan-u bir jon" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbirda 07648 harbiy qism harbiy orkestri hamda faxriy qorovul shaxsiy tarkibi o'zining ko'rgazmali chiqishlari ijro etdilar shuningdek maktab faol o'quvchilari va sardorlar ishtirok etdilar.
Read More
Harbiy qismda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi

Harbiy qismda yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda Namangan shahar va tumanlaridagi yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi. Yoshlar orasida yurtga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan tadbirda 500 dan ortiq yoshlar, umumta'lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadlari a'zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Namanganlik oʻgʻil-qizlar harbiy texnikalar, qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishtirildi. Faxriy qorovul va harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari esa shubhasiz yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga ishonch va iftixor tuygʻularini yanada oshiradi.
Read More
Oilada ijtimoiy muhitni yaxshilashda psixologiyaning o’rni

Oilada ijtimoiy muhitni yaxshilashda psixologiyaning o’rni

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oila a'zolari bilan "Oiladagi ijtimoiy muhitni yaxshilashda psixologiyaning o'rni" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Sharqiy harbiy okrug harbiy psixologi hamda mutaxassislar ishtirok etib mavzu doirasida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.
Read More
Jamoat joylarida o‘rnatilgan Wi-Fi’dan foydalanish tavsiya etilmaydi

Jamoat joylarida o‘rnatilgan Wi-Fi’dan foydalanish tavsiya etilmaydi

Yangiliklar
Odatda metro, kafe, savdo markazlari, mehmonxonalar va aeroportlarda bepul Wi-Fi’lardan foydalaniladi. Bu juda oddiy va qulay, lekin mutlaqo xavfsiz emas. Gap shundaki, umumiy Wi-Fi ulanish nuqtalaridan kiberjinoyatchilar fishing (firibgarlikning bir turi bo‘lib, uning maqsadi foydalanuvchining maxfiy ma’lumotlari — login va parollarni qo‘lga kiritish) hujumlari uchun foydalanishlari mumkin. Maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash uchun jinoyatchilar haqiqiylariga juda o‘xshash kafe yoki savdo markazi nomi bilan soxta kirish nuqtalarini yaratadi. Foydalanuvchi bu haqda bilmasdan, ma’lumotlarni shifrlanmagan holda ulaydi va bu xakerlarga qurilmaga kirishga imkon beradi. Qurilmaga kirish orqali jinoyatchilar nafaqat shaxsiy xabarlar, elektron pochta xabarlari va fayllarga, balki parollar va hatto bank hisoblariga ham kirishi mumkin. Bundan tashqari, yashirin kriptovalyuta qurboni bo‘lish xavfi ham mavjud. Aynan bu kafe yoki aeroportda sodir bo‘ladi. Bilvosita belgilardan biri smartfon prosessorining past ishlashi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, raqamli gigiyenaga…
Read More