Blog

Namangan shahrida musiqali va rang-barang chiroqli bayram archasi ochildi

Namangan shahrida musiqali va rang-barang chiroqli bayram archasi ochildi

Yangiliklar
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekistonda o‘xshashi bo‘lmagan musiqali va rang-barang chiroqli 29 metr balandlikdagi viloyatning bosh archasi ochildi. Ushbu archani 60 ming dona 7 xil rangda yonuvchi chiroqlar bezab turibdi. Bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida madaniyat xodimlari tomonidan bayram qo‘shiqlari va qiziqarli chiqishlari bilan barcha mehmonlarga xush kayfiyat ulashmoqda. Barcha Namangan ahlini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlab, bayram tadbirlariga taklif etamiz!
Read More
Namanganda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi

Namanganda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi

Yangiliklar
Viloyat hokimining topshirig‘iga asosan, joriy yil 25 dekabrdan Namangan shahri va tumanlar markazlarida Yangi yil savdo yarmarkalari ish boshladi. Bugun erta tongdan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahridagi Istiqlol ko‘chasida tashkil etilgan yarmarka faoliyati bilan tanishdi. “Barkamol avlod” sport majmuasi oldida Namangan, Norin, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari tomonidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat rahbari sotuvdagi mahsulotlar sifati va narx-navosiga e’tibor qaratdi. Ular hajmini ko‘paytirish, yurtdoshlarimizning Yangi yil dasturxoni to‘kin va fayzli bo‘lishi uchun barcha choralarni ko‘rish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Eslatib o‘tamiz, mazkur yarmarkalar 2024 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi.
Read More
Urush faxriylari holidan xabar olindi

Urush faxriylari holidan xabar olindi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilar tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqilligimizni taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan yurt oʻglonlarining yaqinlari, mehnat faxriylarining holidan xabar olinmoqda. Jumladan, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Oltiariq va Toshloq tumanida istiqomat qiluvchi urush faxriylari holidan xabar olishdi. Yoʻqlovga kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan nuroniylar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularga zarur boʻlgan dori vositalari tarqatildi. Urush faxriylari oʻzlarining hayot yoʻllarini aytib, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Harbiy xizmatchilarning tashrifidan mamnunligini aytib, yurtimiz tinchiligi abadiy bo‘lsin, deya qo‘llarini duoga ochdi
Read More

Vatan FM Online Radio Ilovasi Maxfiylik va Cookie-lar Siyosati

Uncategorized
Vatan FM Online Radio Ilovasi Maxfiylik va Cookie-lar Siyosati Kiritish va Qo'llash Vatan FM (biz, bizning yoki bizning ilovamiz deyilgan) "VatanFm.uz" rasmiy saytining foydalanuvchilari (siz, sizning yoki sizning ilovangiz deyilgan) bilan maxfiylik va cookie-lar siyosatini amalga oshiradi. Ushbu siyosat, internetdan foydalanish xuquqini himoya qilish va cookie-lar haqida foydalanuvchilarga to'liq ma'lumot berish uchun mavjud. 1. Shaxsiy Ma'lumotlar Vatan FM, foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini olish uchun foydalanmaydi. Biz hech qanday shaxsiy ma'lumotlar (ism, elektron pochta manzili, telefon raqami va boshqalar) olishimizni talab qilmaymiz. 2. Cookie-lar Biz VatanFm.uz saytida cookie-lardan foydalanamiz. Cookie, veb-sayt yoki ilovani foydalanuvchi qanday ishlatishini o'rganish, foydalanuvchi interfeysini yaxshilash va tajribani yengillash uchun saqlangan xizmatlaridir. Biz, cookie-lar orqali foydalanuvchilar haqida shaxsiy ma'lumotlarni olishmaymiz. 3. Cookie-larning Tur va Maqsadlari Vatan FM sayti quyidagi cookie turini ishlatadi: Qo'llab-quvvat cookie-lari: Saytning ishlashida yordam bering.…
Read More
Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

Harbiy qism tashkil etilgan kun tantanali nishonlandi

Yangiliklar
Namangan garnizonidagi harbiy qism tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, faxriylar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyat hokimi hamda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni soʻzga chiqib, harbiy qism shaxsiy tarkibini qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. Sana munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga okrug qoʻshinlari qomondonining esdalik hamda qimmatbaho sovgʻalari topshirildi. Viloyat hokimi tomonidan ham ushbu harbiy qismga qimmatbaho sovgʻalar berildi. Shuningdek, mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Namangan viloyat hokimiga II darajali “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni okrug qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan tantanali topshirildi. Harbiy orkestr jamosining musiqiy chiqishlari, vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari tadbirga yanada koʻtarinkilik ulashdi.
Read More
Hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Yangiliklar
Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yangi lavozimlarga tayinlangan  ofitserlar  ishtirokidagi o‘quv-uslubiy yig‘inda hizmat faoliyatni to‘g‘ri tashkil qilish, ruhiy-psixologik holatlarni yengib o‘tish va aloqa tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi. ▪️Mashg‘ulotlar davomida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari va okrug psixologlari yosh ofitserlarga kasbiy bilim va ko‘nikmalar berish bilan bir qatorda psixologik treninglar ham o'tkazildi.
Read More
“General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi.

“General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar
⚡️Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi "Xudoyorxon" o‘rda maydonida “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib  oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar,  viloyatning yuzdan ortiq yoshlari ishtirok etdi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar  harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Tadbir soʻnggida bir guruh faol yoshlarga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Read More
Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar
▪️Andijon garnizonidagi harbiy qismda mustaqilligimizning 32 yillik bayrami oldidan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi. ▪️ Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, harbiy xizmatchilar, kinoijodkorlar va  jamoatchilik ishtirok etdi. Uchrashuv tusini olgan mazkur tadbirda Xalq va armiya birdamligini ifodalovchi Vatanparvarlik tadbirlari, festivallar xalqimiz ongu-shuurida, kelajagimiz egalari yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirayotgani tadbir qatnashchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi. #Yangi_hayot_uchun_Yangi_Ózbekiston_uchun  
Read More
Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar)  bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi

Yangiliklar
⚡️Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda Mudofaa ishlari boshqarma va tuman (shahar)  bo‘limlari ofitserlari bilan o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘in ishtirokchilarning kasbiy ko‘nikma darajasini oshirish, proffessional tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.
Read More