Prezident Farmoni bilan Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Prezident Farmoni bilan Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Yangiliklar
Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Institut, jumladan: ➖ respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi; ➖ jamoatchilik o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko‘maklashadi; ➖ kriminologiya sohasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi. Institut o‘z vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi ma’lumotlarni o‘zgartirishi uchun ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.
Read More
Maxsus bort Penzada halok bo‘lgan hamyurtlarimizni olib kelish uchun uchib ketdi

Maxsus bort Penzada halok bo‘lgan hamyurtlarimizni olib kelish uchun uchib ketdi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan Rossiya Federatsiyasining Penza viloyatida sodir YTH oqibatida xalok bo‘lgan va jabrlanganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 12 yanvar kuni Rossiyaga uchib ketdi. Ma’lumot o‘rnida, 2024 yil 11 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Penza viloyati, Nijnelomov rayoni M-5 avtomobil yo‘lining 503 km.da harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili ichida bo‘lgan jami 9 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Halok bo'lgan hmyurtlarimizning oila a’zolariga va barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Read More
Davlatobodda yangi harbiy shaharcha bunyod etildi

Davlatobodda yangi harbiy shaharcha bunyod etildi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi “Tadbirkor” mahallasi hududida yangi harbiy shaharcha bunyod etildi. Mazkur aholi yashash punktida yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlari oilasi uchun qurilgan 56 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Tantanali taqdimot marosimida Respublika Mudofaa vazirligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, Namangan viloyati hamda  Davlatobod tumani hokimligi mutasaddilari, faxriylar, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Gʻofurjon Jamolov keyingi yillarda sharafli, ayni paytda mas’uliyatli burchlarini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, yashash va xizmat vazifalarini o‘tashi uchun sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng, yangi xonadonlar egalariga kalitlar tantanali tarzda topshirildi. Mehmonlar harbiy xizmatchilarning “uy to‘y”larida qatnashib, quvonchlariga sherik bo‘ldilar.
Read More
O‘zbekiston Prezidenti mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti mudofaa sanoati majmualari bilan tanishdi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Mudofaa sanoati agentligining Toshkent viloyatida joylashgan ishlab chiqarish klasteriga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish va har tomonlama modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan, Yangi O‘zbekistonning mustaqilligi va suvereniteti, xalqimiz xavfsizligi va farovonligini kafolatli ta’minlashga qodir yangi armiyaga aylantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, keyingi yillarda qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi samarasi va sifatini oshirish, harbiy xizmatchilarning malaka va ko‘nikmalarini yuksaltirish uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida zarur infratuzilmaga ega bir qator o‘quv poligonlari barpo etildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilayotgan mudofaa sanoatini modernizatsiya qilish va salohiyatini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Aynan shu maqsadda o‘tgan yilning yanvar oyida Prezident Mudofaa sanoati agentligini…
Read More
Yurt himoyasi yo’lida mardlarcha halok bo’lgan harbiy xizmatchi xotirlandi

Yurt himoyasi yo’lida mardlarcha halok bo’lgan harbiy xizmatchi xotirlandi

Yangiliklar
Andijon viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Andijon garnizonidagi harbiy qism mas'ullari yurtimiz himoyasi yo'lida mardlarcha halok bo'lgan harbiy xizmatchi serjant Doniyor Tojiboyev xonadoniga borib oila a'zolari holidan xabar oldi. Qahramonnining oila a'zolariga okrug qo'mondonligining sovg'alari hamda yaqinlashib kelyotgan bayram munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi.
Read More
“Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn telekoʻprik tadbiri oʻtkazildi

“Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn telekoʻprik tadbiri oʻtkazildi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan  askarlarning onalari bilan “Askar onalarni sharaflaymiz!” onlayn telekoʻprik tadbiri oʻtkazildi. Unda respublikamizning turli hududlariga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan askarlarning ota-onalari  ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi katta majlislar zali bilan video aloqa ko'rinishida o'tkazildi. Yurt himoyachilarining onalari respublikaning turli viloyatlarida xizmat qilayotgan farzandlari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali real vaqt rejimida diydor uchrashib, samimiy suhbat qurdilar va oʻzlarining sogʻinch soʻzlarini yetkazdilar.
Read More
Qo‘mondon Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Qo‘mondon Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi

Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya bir tanu – bir jon” shiori ostida “Vatanparvar oyligi” doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va o‘quvchi-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida tashkil etildi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov, Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda, o‘quvchi-yoshlar harbiy qo‘mondon va shahar hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Uchrashuvda qo‘mondon tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Read More
Qo’mondon marhum harbiy xizmatchining xonadonida bo’ldi

Qo’mondon marhum harbiy xizmatchining xonadonida bo’ldi

Yangiliklar
14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolari holidan xabar olindi. Bugun Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov va Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayevlar xizmat vaqtida halok bo‘lgan Alimardon Karimov xonadonida bo‘lishdi. Tashrif davomida oila a’zolari bilan muloqot qilinib, qahramon xotirasi yod olindi. Shuningdek, Alimardonning oila a’zolariga Davlatimiz rahbari tomonlaridan ajratilgan yordam pullari, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Read More
Faxriy harbiy xizmatchilar harbiy qismga taklif etildi

Faxriy harbiy xizmatchilar harbiy qismga taklif etildi

Yangiliklar
Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari Farg'ona garnizonidagi harbiy qismga bir guruh faxriylar taklif etildi. Tadbir davomida faxriy harbiy xizmatchilar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Ular tomonidan bugungi kunda yaratilayotgan sharoitlar e'tirof etildi. Harbiy psixolog tomonidan turli treninglar ham o'tkazildi.
Read More
Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Yangiliklar
Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik! Gadjetlarga qaramlik – axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan davrda yangi tushuncha emas. Avvalo, bu qaramlikning simptomlarini sizda bor-yo‘qligini aniqlaymiz. Keyin esa uning ortga qaytarib bo‘lmas "izlari" hamda qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘llari va kutilajak natijalar bilan tanishamiz. Batafsil infografikada
Read More